O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Toshkent suv omborida ogohlantirish tizimi sinovdan o‘tadi

UzDaily tahririyati · 17.07.2026 · 12:45 · 35 views
Toshkent suv omborida ogohlantirish tizimi sinovdan o‘tadi

Toshkent suv omborida ogohlantirish tizimi sinovdan o‘tadi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 17 iyul kuni Toshkent suv ombori hududida mahalliy ogohlantirish tizimining texnik sinovi o‘tkaziladi. Sinov uskunalarning ishlashga tayyorligini baholashga qaratilgan.

Toshkent viloyati hokimligi maʼlum qilishicha, tekshiruv davomida viloyatning ayrim hududlarida sirenalar va ovozli ogohlantirish qurilmalari qisqa muddatga ishga tushirilishi mumkin.

Sinov tadbirlari O‘rtachirchiq, Pskent va Oqqo‘rg‘on tumanlari, shuningdek Nurafshon shahrini qamrab olishi mumkin.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan xotirjamlikni saqlashni so‘radi. Taʼkidlanishicha, mazkur sinov rejali texnik xususiyatga ega bo‘lib, favqulodda vaziyat yuzaga kelgani bilan bog‘liq emas.

Fuqarolarga sinov ishlariga tushunish bilan munosabatda bo‘lish va xavotirga berilmaslik tavsiya etildi.