O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Toshkent hokimiyati itlar hujumi sababli erkak vafot etgani haqidagi xabarlarni rad etdi

Dilafro'z Niyazova · 03.03.2025 · 20:25 · 622 views
Toshkent hokimiyati itlar hujumi sababli erkak vafot etgani haqidagi xabarlarni rad etdi
Toshkent hokimiyati itlar hujumi sababli erkak vafot etgani haqidagi xabarlarni rad etdi / Foto: UzDaily.

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahar hokimiyati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, itlar hujumi natijasida erkak kishi vafot etgani haqidagi maʼlumotni rad etdi.

Shahar maʼmuriyatining maʼlum qilishicha, Qoraqamish-2/4 massivida yashovchi 58 yoshli fuqaro o‘tkir yurak-qon tomir yetishmovchiligi tufayli vafot etgan.

«Itlar hujumi sodir bo‘lmagan», — deyiladi hokimiyat bayonotida. Shuningdek, poytaxt aholisiga vahimaga tushmaslik va tasdiqlanmagan maʼlumotlarni tarqatishdan tiyilish tavsiya etildi.