O‘zbekiston

Toşkentda 2027 yilda 100 ta mahalla yangilanadi

Toşkentda 2027 yilda 100 ta mahalla yangilanadi
Toşkentda 2027 yilda 100 ta mahalla yangilanadi / Foto: UzDaily.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkent şahar hokimligi «15 daqiqalik qulay muhit» loyihasi tafsilotlarini taqdim etdi. Uşbu taşabbus turar joylardan piyoda yetib boriş mumkin bölgan masofada ijtimoiy va maişiy infratuzilmani rivojlantirişga qaratilgan.

Konsepsiyaga köra, boğçalar, maktablar, poliklinikalar, maişiy xizmat körsatiş obyektlari va dam oliş joylari aholi yaşaş manzilidan 15 daqiqalik piyoda masofada joylaşişi kerak. Bu aholiga kundalik yumuşlarga kamroq vaqt sarflab, dam oliş va hordiq çiqariş uçun köproq imkoniyat yaratişi kutilmoqda.

Loyihaning asosiy yönalişlaridan biri hovli hududlarini taşkil etiş tartibini özgartiriş böladi. Avtomobillar uçun töxtaş joylari va qatnov yöllarini hovlilar taşqarisiga çiqariş, böşagan hududlardan sayr qiliş, öyin va dam oliş uçun foydalaniş rejalaştirilgan.

Mahallalarda xiyobonlar va soya-salqin sayr yölaklari barpo etiş, aholining uçraşuvlari uçun jamoat joylarini, şuningdek, bolalar va kattalar uçun öyin hamda sport maydonçalarini taşkil qiliş ham közda tutilgan.

Yana bir yönaliş ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirişdan iborat. Boğçalar, maktablar va poliklinikalarni turar joy mavzelariga yaqinroq joylaştiriş orqali asosiy xizmatlardan uyga yaqin hududda foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş rejalaştirilgan.

Mahalla köçalarida xavfsizlikni oşiriş maqsadida videokuzatuv tizimlari va SOS tugmalarini örnatiş nazarda tutilgan. Ular orqali aholi favqulodda vaziyatlarda yordam çaqirişi mumkin böladi.

Loyiha doirasida 2027 yilda 100 ta mahallani yangilaş, 2030 yilgaça esa ularning umumiy sonini 400 taga yetkaziş rejalaştirilgan.

Hokimlik ta’kidlaşiça, taşabbus şakllangan qöşniçilik aloqalari, özaro hurmat va bir-biriga yordam beriş an’analarini saqlab qolgan holda, yana-da qulay va xavfsiz şahar muhitini yaratişga qaratilgan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.