O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

"Tashkent Pharma Park"da yangi loyiha - "Nurin Pharma"ga guvohnoma topshirildi

Dilafro'z Niyazova · 01.10.2025 · 11:15 · 1474 views
"Tashkent Pharma Park"da yangi loyiha - "Nurin Pharma"ga guvohnoma topshirildi
"Tashkent Pharma Park"da yangi loyiha - "Nurin Pharma"ga guvohnoma topshirildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Nurin Pharma (Pharmatec Pakistan) kompaniyasiga “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri ishtirokchisi guvohnomasini topshirdi.

Kompaniya tomonidan klaster hududida 2,5 gektar maydonda zamonaviy farmatsevtika zavodi qurish loyihasi amalga oshiriladi.

Zavodda yuqori qon bosimi, 2-tur qandli diabet, oshqozon-ichak tizimi kasalliklari, yurak xastaliklari va turli infeksiyalarga qarshi dori vositalari ishlab chiqariladi.

Loyiha investitsiya qiymati taxminan 20 mln. AQSH dollarini tashkil etadi va bosqichma-bosqich GMP standartlari asosida amalga oshiriladi. Yangi 145 nafar ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.