Sog‘liqni saqlash vazirligiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Sog‘liqni saqlash vazirligiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyatining yangi tarkibi tasdiqlandi.
Otabek Imamov sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shuningdek, vazir o‘rinbosarlari etib Adham Xudayqulov va Sherzod Muxamedov belgilandi.
Alohida yo‘nalish — komplayens va ichki korrupsiyaga qarshi nazorat Jaloliddin Asamutdinov zimmasiga yuklatildi, u mazkur yo‘nalish bo‘yicha vazir o‘rinbosari etib tayinlandi.
Ilhomjon Umurzakov sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u avval egallab kelgan iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari — Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish departamenti direktori lavozimidan ozod etildi.
Shu bilan birga, Alisher Boboyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Xuddi shu sababga ko‘ra vazir o‘rinbosarlari Elmira Basitxanova va Farhodjon Tashpulatov ham o‘z lavozimlarini tark etdi.