Senati Raisi BMT Bosh kotibining maxsus vakili bilan uchrashdi

Senati Raisi BMT Bosh kotibining maxsus vakili bilan uchrashdi

Senati Raisi BMT Bosh kotibining maxsus vakili bilan uchrashdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 13-kuni  Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Buxoro shahrida BMT Bosh kotibining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyo uchun Preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari Kaxa Imnadze bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjon yetakchi ayollari muloqotining navbatdagi majlisi  doirasida amalga oshirilayotgan hamkorlik, xotin-qizlarning jamiyat va davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish, shuningdek, mintaqaviy hamjihatlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar qisqa vaqt ichida mazkur muloqot platformasi Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida xotin-qizlar yetakchiligini qo‘llab-quvvatlash va dolzarb mintaqaviy tashabbuslarni ilgari surishga xizmat qilayotgan samarali muloqot maydoniga aylanganini alohida taʼkidladilar.

Suhbat davomida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjon yetakchi ayollari muloqotiga raislik O‘zbekiston tomoniga o‘tgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘tgan yilgi kelishuvlar asosida Senat tomonidan muloqotning yillik dasturi ishlab chiqilgani, shuningdek, raislik muddatini ikki yilga uzaytirish hamda doimiy kotibiyat faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda 2026-yil sentyabr oyida Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Yosh parlament aʼzolarining 12-global konferensiyasiga tayyorgarlik yuzasidan ham fikr almashildi.

BMTning Markaziy Osiyo uchun Preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazining mazkur nufuzli tadbirda ishtiroki, shuningdek, “Yoshlarning preventiv diplomatiyadagi o‘rni” mavzusida sayd-ivent tashkil etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, ayollar va yoshlarni zo‘ravonlikdan himoya qilish, ushbu yo‘nalishda qo‘shma seminarlar tashkil etish va ilg‘or tajriba almashish bo‘yicha tizimli hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling