Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 5–6 noyabr kunlari Samarqandda xavfsizlik masalalari böyiça ŞHTning ilk «ŞHT plyus» ekspert muloqoti bölib ötadi. Uçraşuv iştirokçilari raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt rivojlanişini hisobga olgan holda terrorizm hamda ekstremizmga qarşi kuraşiş masalalarini muhokama qiladi.
Tadbir Özbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi, general-polkovnik Bahodir Qurbonov raisligida ötkaziladi.
Uçraşuvda ŞHTga a’zo davlatlar maxsus xizmatlari rahbarlari va vakillari, kuzatuvçi mamlakatlar hamda muloqot böyiça hamkorlar, xalqaro taşkilotlar va taklif etilgan mehmonlar iştirok etadi. Jami 24 ta davlat va beşta xalqaro tuzilmadan 33 ta delegatsiya qatnaşişi kutilmoqda.
Muhokamalarning asosiy mavzusi «Raqamli transformatsiya davrida xavfsizlik: yangi texnologiyalar rivojlanişini hisobga olgan holda terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş» deb nomlangan. Iştirokçilar ilğor texnologiyalar va sun’iy intellektning zamonaviy xavf-xatarlar hamda xavfsizlikka tahdidlar xususiyatiga ta’siri yuzasidan fikr almaşadi.
Ekspertlar muloqoti formatidagi uçraşuvni taşkil etiş taşabbusi Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevga tegişli. U mazkur taklifni ilk bor 2024 yilda Ostonada bölib ötgan ŞHT sammitida ilgari surgan.
2025 yilda Xitoyning Tyanszin şahrida ŞHTga a’zo davlatlar rahbarlari kengaşi yiğilişida birinçi uçraşuvni Samarqandda ötkaziş taklif etilgan edi.
Muloqot yakunlari böyiça delegatsiyalar rahbarlari raqamli transformatsiya şaroitida xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş borasidagi hamkorlikning aniq vazifalari va ustuvor yönalişlarini belgilaşni rejalaştirmoqda.