Shoshilinch
O‘zbekiston

Samarqandda bolalar farovonligiga investitsiyalar kiritiş töğrisidagi deklaratsiya qabul qilindi

Samarqandda bolalar farovonligiga investitsiyalar kiritiş töğrisidagi deklaratsiya qabul qilindi
Samarqandda bolalar farovonligiga investitsiyalar kiritiş töğrisidagi deklaratsiya qabul qilindi / Foto: “Zamin” fondi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 22 oktyabr kuni Samarqandda Bolalar farovonligiga investitsiyalar kiritiş töğrisidagi Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi.

Hujjat 21–22 oktyabr kunlari bölib ötgan «Bolalar farovonligiga investitsiyalar: kelajak avlodlar uçun barqaror va adolatli taraqqiyot yöli» mavzusidagi Jahon sammitining ikki kunlik yakunlari böyiça qabul qilindi.

Sammit Özbekiston tomonidan Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş kotibining bolalarga nisbatan zöravonlik masalalari böyiça maxsus vakili, YUNISEF, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti va Jahon banki bilan hamkorlikda taşkil etildi.

Tadbirda birinçi xonimlar, ijtimoiy himoya, soğliqni saqlaş, ta’lim va moliya vazirlari, davlatlar vakillari, xalqaro taşkilotlar, fuqarolik jamiyati, ilmiy doiralar va biznes vakillari, şuningdek, bolalar va yoşlar iştirok etdi.

Deklaratsiyada iştirokçilar Bola huquqlari töğrisidagi konvensiyaga va bolaning eng ustun manfaatlarini ta’minlaş tamoyiliga sodiqligini tasdiqladi. Ular bolalar dunyo aholisining uçdan bir qismini taşkil etişini ta’kidlab, ularning farovonligiga kiritilgan sarmoyalar soğliqni saqlaş va ta’lim sifatini yaxşilaş, mehnat unumdorligini oşiriş, ijtimoiy birdamlik va tinçlikni mustahkamlaşga xizmat qilişini qayd etdi.

Hujjatda davlat siyosatining bir qator ustuvor yönalişlari belgilangan. Ular orasida ijtimoiy himoya tizimlarini rivojlantiriş, bolalar va oilalar uçun nafaqalarni, jumladan, inqirozli vaziyatlarda beriladigan yordamni kengaytiriş, şuningdek, bolalarga nisbatan zöravonlik, şafqatsiz munosabat va ekspluatatsiyaga, şu jumladan, internetdagi tahdidlarga qarşi çoralarni kuçaytiriş bor.

Iştirokçilar bolalarning erta rivojlanişini qöllab-quvvatlaş, inklyuziv ta’lim va soğliqni saqlaş tizimini rivojlantiriş, jumladan, bolalardagi onkologik kasalliklarga qarşi kuraşni takomillaştiriş zarurligini ham ta’kidladi. Bolalarning oilalaridan asossiz ajratilişining oldini oliş maqsadida ota-onalar va vasiylarni qöllab-quvvatlaşga ham alohida e’tibor qaratildi.

Yana bir ustuvor yönaliş yoşlarni kelajak iqtisodiyoti talablariga tayyorlaşdan iborat. Bu raqamli va ekologik könikmalarni rivojlantiriş, şuningdek, nogironligi bölgan yoşlarni ham qamrab olgan holda munosib iş bilan ta’minlaniş imkoniyatlarini kengaytirişni nazarda tutadi.

Deklaratsiyaning alohida bölimi moliyalaştiriş masalalariga bağişlangan. Davlatlarga bolalarga yönaltiriladigan davlat investitsiyalarini izçil oşiriş va milliy byudjetlarni şakllantirişda bolalar manfaatlarini hisobga oliş hamda byudjetlar şaffofligini kuçaytiriş tavsiya etildi.

Xalqaro moliya institutlari, taraqqiyot böyiça hamkorlar, xayriya jamğarmalari va xususiy sektor bolalarga möljallangan dasturlarni moliyalaştirişni köpaytirişga çaqirildi. Bunda daromad darajasi past va örtaça bölgan mamlakatlarga, şuningdek, qurolli mojarolar, iqlim özgarişi oqibatlari va tabiiy ofatlarga duç kelayotgan davlatlarga alohida e’tibor qaratiş taklif qilindi.

Deklaratsiyada bolalar va ösmirlar jamiyat hayotining teng huquqli iştirokçilari hamda özgarişlar taşabbuskorlari sifatida e’tirof etildi. Iştirokçilar ularning qarorlar qabul qiliş jarayonlarida, jumladan, mazkur hujjatni amalga oşirişda xavfsiz va mazmunli iştirokini ta’minlaşga tayyorligini bildirdi.

Deklaratsiya ijrosini har bir mamlakat belgilaydigan muddatlarni hisobga olgan holda milliy strategiyalar va byudjetlar orqali ta’minlaş, şuningdek, muntazam hisobot berib boriş közda tutilgan. Iştirokçilar erişilgan natijalarni baholaş uçun yana uçraşişga ham kelişib oldi. Sammit taşkilotçilari davlatlarga hujjatni amalda bajarişda kömaklaşişga taklif etildi.

Iştirokçilar Samarqandda sammit taşkil etilgani uçun Özbekiston xalqi va hukumatiga minnatdorlik bildirib, şaharni «sivilizatsiyalar çorrahasi» deb atadi.

Sammit yakunlarini “Oskar” mukofoti sovrindori Edrian Broudi sarhisob qildi. U, şuningdek, Şahnoza Mirziyoyevaga öz qöli bilan çizgan kartinasini sovğa qildi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.