O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Samarqand viloyatida besh kishi qo‘lbola alkogol ichimligidan zaharlanib vafot etdi

Dilafro'z Niyazova · 14.01.2025 · 17:00 · 687 views
Samarqand viloyatida besh kishi qo‘lbola alkogol ichimligidan zaharlanib vafot etdi
Samarqand viloyatida besh kishi qo‘lbola alkogol ichimligidan zaharlanib vafot etdi / Foto: UzDaily.

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Samarqand viloyatida qo‘lbola alkogol ichimligidan zaharlanish natijasida 5 nafar shaxsning vafot etishi qayd etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, fojia 11-yanvar kuni sodir bo‘lgan.

To‘rt nafar shaxs o‘z uyida vafot etgan bo‘lsa, yana bir nafar bemor shifoxonada halok bo‘lgan.

Hozirda mutaxassislar voqeaning barcha tafsilotlarini aniqlash uchun tekshiruv ishlarini olib bormoqda.

Havfli ichimlik sotilishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186-moddasi 4-qismi «a» bandiga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Mazkur modda xavfsizlik talablariga javob bermaydigan mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish uchun javobgarlikni nazarda tutadi.

Tergov ishlari davom etmoqda.