Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — BMTning iqlim özgarişi böyiça konferensiyasida imzolangan 2027-yilgi bitim xodimlar va bilimlarni boşqarişda sun’iy intellektdan foydalaniş böyiça yangi dasturni ham öz içiga oladi
Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) - 2026-yil 16-noyabr kuni Turkiyaning Antaliya şahrida BMTning Iqlim özgarişi töğrisidagi doiraviy konvensiyasi Tomonlar konferensiyasining 31-sessiyasi (COP31) doirasida «Rosatom» Korporativ akademiyasi va Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) 2027-yilga möljallangan hamkorlik bitimini imzoladi. Tomonlar xodimlar va bilimlarni boşqarişda sun’iy intellektdan foydalanişga oid qöşma dasturni işga tuşiriş, şuningdek, atom sohasidagi ayollar va yoş mutaxassislar uçun xalqaro ta’lim taşabbuslarini davom ettirişga kelişib oldilar.
Bitimni MAGATE Yadro energetikasi departamentining Rejalaştiriş, axborot va bilimlarni boşqariş bölimi direktori Vey Xuang (Wei Huang) hamda «Rosatom» Korporativ akademiyasi boş direktori Yuliya Ujakina imzoladi. Imzolaş marosimida «Rosatom» davlat korporatsiyasi boş direktorining xodimlar bilan işlaş böyiça örinbosari Tatyana Terentyeva ham iştirok etdi.
«Bugun imzolangan bitim «Rosatom» bilan köp yillik hamkorligimizni rivojlantirişda muhim bosqiç va Korporativ akademiyaning MAGATE hamkorlik markazi sifatidagi örnini mustahkamlaş yölidagi amaliy qadamdir. Biz iste’dodlarni, ayniqsa, atom sohasidagi yoşlar va ayol mutaxassislarni rivojlantirişga qaratilgan qöşma işlarda katta salohiyatni köryapmiz. Işonçim komilki, MAGATE va Korporativ akademiya tajribasining birlaşişi ta’lim sohasidagi innovatsiyalarga hamda jahon atom energetikasida yoş kadrlar salohiyatining barqaror rivojlanişiga xizmat qiladi», — dedi Vey Xuang bitim imzolanişini şarhlar ekan.
Hamkorlikning yangi yönalişlaridan biri Talent Resources for AI in Nuclear (TRAIN) - «Atom sohasi uçun sun’iy intellekt yönalişida iste’dodlarni boşqariş» dasturi böladi. U 2027-yilning uçinçi çoragida xorijiy atom taşkilotlari mutaxassislari uçun loyiha laboratoriyasi şaklida ötkaziladi. Iştirokçilar sun’iy intellektdan kadrlar bilan işlaş xizmatlari va bilimlarni boşqariş bölinmalari faoliyatida foydalaniş böyiça loyihalar işlab çiqib, taqdim etadilar. MAGATE ekspertlari öquv materiallarini tayyorlaydi va mavzuli seminarlar ötkazadi.
Bitimga köra, 2027-yilda ayollar uçun inVisible Power Leaderşip Camp («Közga körinmas kuç») yetakçilik dasturi hamda yadro ta’limi va yoşlar bilan işlaşga bağişlangan Nuclear Education Outreaç (NEO) dasturi ham davom ettiriladi. Birinçi dasturda atom sohasi vakillari bölgan kamida 25 nafar yoş ayol, ikkinçisida esa turli mamlakatlardan yadro ta’limi va yoşlar loyihalari böyiça kamida 20 nafar mutaxassis qatnaşişi rejalaştirilgan. NEO dasturi dastlabki onlayn modullarni va 2027-yil iyun oyi oxirida beşinçi «Obninsk NEW» xalqaro yoşlar yadro forumida ötkaziladigan yuzma-yuz ta’lim sessiyasini öz içiga oladi.
«Hamkorlikning yangi bosqiçi kadrlar tayyorlaşning xalqaro jihatini kuçaytiriş uçun imkoniyat yaratadi, deb hisoblaymiz. Hamkor mamlakatlarda öz kuçli professional jamoalari şakllanişi, mamlakatlar örtasida esa uzoq yillar davomida saqlanib qoladigan aloqalar mustahkamlanişi muhim», - deya ta’kidladi Tatyana Terentyeva.
Qöşma ta’lim dasturlari va ekspertlar iştirokidagi tadbirlar kasbiy kompetensiyalarni rivojlantiriş, atom sohasida ayollar va yoşlarning iştirokini kengaytiriş hamda öz kadrlar salohiyatini şakllantirayotgan mamlakatlarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan.
«MAGATE bilan hamkorligimiz kadrlar salohiyatini rivojlantirişga xalqaro yondaşuvni «Rosatom» Korporativ akademiyasining amaliy tajribasi bilan uyğunlaştiriş imkonini beradi. Biz mutaxassislarni qanday tayyorlaşimiz, ularning kasbiy ösişini qanday qöllab-quvvatlaşimiz va atom sohasiga yangi insonlarni, jumladan, yoşlar va ayollarni qanday jalb qilişimiz borasidagi tajribamiz bilan örtoqlaşişga tayyormiz. Bu, ayniqsa, atom energetikasini endigina rivojlantirayotgan mamlakatlar uçun muhim. Işonçim komilki, birgalikdagi faoliyat hamkor mamlakatlar bilan kompleks hamkorlikni mustahkamlaydi hamda dunyo böylab hamfikr mutaxassislar jamoasini şakllantirişga xizmat qiladi», — dedi Yuliya Ujakina bitim imzolanganidan söng.