Reklama qonunchiligi buzilishi yuzasidan bir necha korxonalarga tegishli taʼsir choralari ko‘rildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqobat qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan joriy yilning fevral oyi davomida reklama to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganish va monitoring ishlari olib borildi.
Olib borilgan o‘rganish natijalariga muvofiq, Hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan bir necha xo‘jalik yurituvchi subyektlarga “UNG PETRO” MCHJ (CARVON), “INTERNATIONAL FOODCHAIN” MCHJ (KFC), “CENTRAL ASIA VOYAGES-CAV” MCHJ (SAVDO MARKAZI),
“HAMKOR REKLAMA SERVIS” MCHJ nisbatan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun hamda Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi 104-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda belgilangan tashqi reklama va axborotni joylashtirish tartibi buzilishi yuzasidan ishlar qo‘zg‘atilib, moliyaviy jarimalar qo‘llash haqida qarorlar qabul qilindi.
Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.