7
Dunyo

Qozoğistonda 50 tonnalik sisternali narkolaboratoriya foş etildi

Qozoğistonda 50 tonnalik sisternali narkolaboratoriya foş etildi
Qozoğistonda 50 tonnalik sisternali narkolaboratoriya foş etildi / Foto: Videodan olingan kadr.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Qozoğistonning Qarağanda viloyatida transmilliy jinoiy guruh bilan boğliq mefedron işlab çiqaruvçi yaşirin laboratoriya faoliyatiga çek qöyildi. Bu haqda DFCA xabar berdi.

Maxsus operatsiya viloyat politsiya departamenti, Milliy xavfsizlik qömitasi departamenti va prokuratura xodimlari tomonidan ötkazildi. Tintuvlar davomida huquqni muhofaza qiluvçi organlar sanoat miqyosidagi noqonuniy işlab çiqariş obyektini aniqladi.

Laboratoriyada siğimi 50 tonna bölgan sisterna mavjud bölib, uning içida taxminan 16 tonna suyuqlik va qayta işlangan mahsulot saqlangan. Şuningdek, bir tonna siğimli idişlar, 20 litrlik kanistrlar hamda kukunsimon moddalar qoldiqlari bölgan qoplar musodara qilindi.

Ekspertiza xulosasiga köra, sisternadan olingan 10 litr hajmdagi suyuqlik namunasidan 1,7 kilogrammdan ortiq sof mefedron ajratib olişga muvaffaq bölingan.

Mutaxassislar hisob-kitobiga köra, mavjud xomaşyodan 2 tonnagaça tayyor giyohvand modda işlab çiqariş mumkin bölgan. Bu taxminan 2 million bir martalik dozaga teng. Bunday partiyaning qora bozordagi qiymati qariyb 40 milliard tenge yoki 80 million dollardan ortiq deb baholanmoqda.

Maxsus operatsiya davomida 48 va 28 yoşli ikki nafar erkak qölga olindi. Tergov ma’lumotlariga köra, katta yoşli gumonlanuvçi jinoiy guruhga yangi a’zolarni jalb qiliş va uning faoliyatini muvofiqlaştiriş bilan şuğullangan.

Ikkinçi gumonlanuvçiga esa işlab çiqarişni taşkil etiş hamda xodimlarga giyohvand moddalar tayyorlaş texnologiyasini örgatiş vazifasi topşirilgani aytilmoqda.

Har ikki gumonlanuvçi ham qamoqqa olingan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.