O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Prezident Xurshid Sotiyevni FVV rahbari o‘rinbosari etib tayinladi

Dilafro'z Niyazova · 05.03.2025 · 14:45 · 702 views
Prezident Xurshid Sotiyevni FVV rahbari o‘rinbosari etib tayinladi
Prezident Xurshid Sotiyevni FVV rahbari o‘rinbosari etib tayinladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari lavozimiga yangi tayinlov amalga oshirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev qaroriga muvofiq, Xurshid Sotiyev Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari – FVV Favqulodda vaziyatlarning oldini olish departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Tayinlovgacha u Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

Avval FVV shtabi rahbari o‘rinbosari – Qutqaruv kuchlari xizmati va jangovar tayyorgarligini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.