O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Premier Electronics Suriya bilan 2 million dollarlik shartnoma imzoladi

UzDaily tahririyati · 24.06.2026 · 18:50 · 29 views
Premier Electronics Suriya bilan 2 million dollarlik shartnoma imzoladi

Premier Electronics Suriya bilan 2 million dollarlik shartnoma imzoladi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ko‘magida Premier Electronics kompaniyasi Suriyaning yirik distribyutorlik kompaniyalaridan biri — «Kalash Trading Company LTD» delegatsiyasini qabul qildi.

Tashrif davomida mehmonlar korxonaning zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari bilan tanishib, muzlatgichlar, kir yuvish mashinalari, televizorlar va konditsionerlar ishlab chiqarish jarayonlarini ko‘zdan kechirdilar.

Tomonlar O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan maishiy texnika mahsulotlarini Suriya bozoriga yetkazib berish hamda hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.

Muzokaralar yakunida Premier Electronics va «Kalash Trading Company LTD» o‘rtasida umumiy qiymati 2 million AQSH dollariga teng eksport shartnomasi imzolandi.

Mazkur kelishuv doirasida Suriya bozoriga keng turdagi maishiy texnika mahsulotlari eksport qilinishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu O‘zbekiston mahsulotlarining Yaqin Sharq bozorlaridagi ishtirokini kengaytirish va «Made in Uzbekistan» brendini xalqaro bozorlarda yana-da mustahkamlashga xizmat qiladi.

UzDaily tahririyati · 👁 29 views · 24.06.2026 · 18:50