O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

FVV qutqaruvchilari tomonidan Farg’ona kanaliga tushib ketgan avtomobil olib chiqildi

UzDaily · 20.10.2024 · 20:26 · 14058 views
FVV qutqaruvchilari tomonidan Farg’ona kanaliga tushib ketgan avtomobil olib chiqildi

FVV qutqaruvchilari tomonidan Farg’ona kanaliga tushib ketgan avtomobil olib chiqildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Kecha, 19-oktyabr kuni 17:07 da Fargʻona viloyati, Toshloq tumani "Naymanboʻston" MFYda yashovchi fuqaroning boshqaruvida boʻlgan "DAMAS" rusumli avtomobil ehtiyotsizlik oqibatida Fargʻona kanaliga tushib ketganligi haqida FVBga xabar tushgan.

Xabarga asosan FVV qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, maxsus texnika va qutqaruv asbob-anjomlari yordamida avtomobil kanaldan chiqarib olindi. Avtomobilda haydovchi bilan birga ikki nafar voyaga yetmagan farzandi boʻlgan. Haydovchi va uning ikki nafar farzandi avtomobil suvga tushgan vaqtda oʻz harakatlari bilan quruqlikka chiqib olgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo’lganlar yo’q.
 

UzDaily · 👁 14058 views · 20.10.2024 · 20:26