O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Paxta-to‘qimachilik sohasi korxonalari yanada qo‘llab-quvvatlanadi

UzDaily tahririyati · 01.07.2026 · 16:37 · 26 views
Paxta-to‘qimachilik sohasi korxonalari yanada qo‘llab-quvvatlanadi

Paxta-to‘qimachilik sohasi korxonalari yanada qo‘llab-quvvatlanadi
 

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — “Paxta-to‘qimachilik sohasida moliyaviy barqarorlikni oshirish hamda tolani chuqur qayta ishlashni qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori PQ–246-son qabul qilindi.
 
Qarorga ko‘ra,  2025 yilda o‘ziga biriktirilgan yer maydonlarida paxta yetishtirgan paxta-to‘qimachilik klasterlari va ular taʼsischi bo‘lgan korxonalarga Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan taqdim etilgan konturlarda paxta xomashyosi yetishtirilganligi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi tomonidan tasdiqlangan hollarda har bir gektar yer uchun 3 mln so‘mdan subsidiyalar ajratiladi.
 
Korxonalarning 2026 yil 1 iyunga qadar amalga oshirilgan bo‘yalgan mato hamda aralash va bo‘yalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalariga Prezidentning 2022 yil 21 yanvardagi PF–53-son Farmonida belgilangan miqdorlarda bo‘yash uskunalari xaridini subsidiyalash uchun nazarda tutilgan mablag‘ning qoldiq qismi hisobidan subsidiya ajratiladi.
 
2027 yil 1 iyulga qadar tadbirkorlarning barqarorlik reytingi bo‘yicha “A” va undan yuqori toifaga kiritilgan klasterlar va to‘qimachilik korxonalari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ining salbiy farq summasi tekshiruvlarsiz 20 kun muddatda qaytarilishi belgilandi.