Oʻzbekiston va Xitoy qashshoqlikka qarshi kurashni kuchaytirmoqda

Oʻzbekiston va Xitoy qashshoqlikka qarshi kurashni kuchaytirmoqda

Oʻzbekiston va Xitoy qashshoqlikka qarshi kurashni kuchaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston–Xitoy Hukumatlararo qoʻmitasining 8-yigʻilishi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Xitoy Xalq Respublikasi Qishloq xoʻjaligi va qishloq ishlari vazirligi oʻrtasida muzokaralar oʻtkazildi.

Muzokaralar yakunida 2026–2027-yillarga moʻljallangan kambagʻallikni qisqartirish sohasida Qoʻshma harakatlar rejasi imzolandi.

Xitoy Xalq Respublikasi Qishloq xoʻjaligi va qishloq ishlari vaziri oʻrinbosari Chjan Chjili bilan oʻtkazilgan uchrashuvda quyidagi muhim kelishuvlarga erishildi:

Kambagʻallik va mehnat bozori tadqiqotlari instituti hamda Xitoy xalqaro kambagʻallikni qisqartirish markazi oʻrtasida hamkorlik memorandumini imzolash;

Oʻzbekistonda texnologiyalar transferi markazini tashkil etish;

Xitoy-FAO Maqsadli jamgʻarmasi doirasida “Janub-Janub” formatida qoʻshma demonstratsion loyihalarni amalga oshirish;

2026-yil may oyida Pekin shahrida boʻlib oʻtadigan yuqori darajadagi forumda Qoʻshma harakatlar rejasini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash;

2026-yil oktabr oyida Sirdaryo viloyatida Oʻzbekiston–Xitoy kambagʻallikni qisqartirish forumini oʻtkazish.

Mazkur kelishuvlar aholi bandligini taʼminlash, zamonaviy tajribalarni joriy etish va kambagʻallikni qisqartirish sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling