Oʻzbekiston va Turkiya savdo imtiyozlaridan foydalanish huquqiga ega boʻlgan tovarlar roʻyxatini kengaytiradi
Oʻzbekiston va Turkiya savdo imtiyozlaridan foydalanish huquqiga ega boʻlgan tovarlar roʻyxatini kengaytiradi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasiga Turkiya Respublikasi Savdo vaziri o‘rinbosari Mustafa Tuzju boshchiligidagi rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tdi.
Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Akram Aliyev va Mustafa Tuzju hamraisligida O‘zbekiston–Turkiya Preferensial savdo to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha Ishchi guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar imtiyozli savdo rejimi qo‘llaniladigan tovarlar ro‘yxatini paritet asosida kengaytirish masalasini ko‘rib chiqdilar hamda muzokaralarning uchinchi raundi yakunlari bo‘yicha o‘zaro anglashuvga erishdilar.
Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha kelishilgan bayonnoma imzolandi, unda o‘zaro manfaatlarni inobatga olgan holda qo‘shimcha tovar pozitsiyalarini kiritish bo‘yicha erishilgan kelishuvlar mustahkamlandi.
Erishilgan qarorlar ikki tomonlama savdoni faollashtirish, eksport-import yetkazib berish hajmini oshirish hamda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 5 milliard AQSH dollariga yetkazish maqsadiga xizmat qiladi.