O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston va Tojikiston bojxona xizmatlari Andarxon nazorat-oʻtkazish punktini modernizatsiya qilish masalasini muhokama qilishdi

UzDaily tahririyati · 26.06.2026 · 22:40 · 41 views
Oʻzbekiston va Tojikiston bojxona xizmatlari Andarxon nazorat-oʻtkazish punktini modernizatsiya qilish masalasini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Tojikiston bojxona xizmatlari Andarxon nazorat-oʻtkazish punktini modernizatsiya qilish masalasini muhokama qilishdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Fargʻona viloyatining “Andarxon” chegara bojxona postida Oʻzbekiston va Tojikiston bojxona xizmatlari oʻrtasidagi Ishchi guruhning navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Muloqot ikki davlat oʻrtasidagi bojxona sohasidagi amaliy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, chegara oʻtkazish jarayonlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish hamda tashqi iqtisodiy aloqalar uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratildi.

Uchrashuv davomida Bojxona qoʻmitasi raisi oʻrinbosari N.Musamuhammedov va boshqa masʼullar tomonidan chegara bojxona postlari faoliyati samaradorligini oshirish, oʻtkazish jarayonlarini tezlashtirish va xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash masalalariga eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, kun tartibi doirasida bir qator ustuvor yoʻnalishlar muhokama qilindi. Xususan, “Andarxon–Patar” chegara oʻtkazish punktini rekonstruksiya qilish va kengaytirish orqali uning oʻtkazuvchanlik imkoniyatlarini oshirish masalasi koʻrib chiqildi.

Shuningdek, uchrashuvda bojxona sohasini raqamlashtirish boʻyicha tajriba almashish, integrallashgan chegara bojxona markazi (IKM) tasvirlari bilan maʼlumot almashinuvini yoʻlga qoʻyish va integratsiya qilish boʻyicha takliflar ham muhokama qilindi.

Mazkur uchrashuv Oʻzbekiston va Tojikiston bojxona xizmatlari oʻrtasidagi ishonchli aloqalarni mustahkamlashga va chegara oʻtkazish punktlari faoliyatini yanada rivojlantirishga hamda ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.