Oʻzbekiston va Suriya savdo hamkorligini kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Suriya savdo hamkorligini kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Suriya savdo hamkorligini kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 19 may kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi, Eksportchilar uyushmasi hamda to‘qimachilik, charmsanoat, avtomobilsozlik va boshqa sohalardagi yirik tadbirkorlardan iborat delegatsiya Suriya Arab Respublikasiga tashrif buyurdi.

Tashrifdan asosiy maqsad — o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar uchun yangi eksport bozorlarini ochish, tashqi savdo aloqalarini kengaytirish va “Made in Uzbekistan” brendining xalqaro bozordagi o‘rnini mustahkamlashdan iborat.

Tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi aʼzolari hamda O‘zbekistonning Kuvaytdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ayubxon Yunusov ishtirokida Suriyaning Aleppo shahri rahbariyati va Savdo palatasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralarda sanoat kooperatsiyasi, eksport-import aloqalari, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Aleppo Sanoat palatasi raisi Nazem Deravon o‘z nutqida Aleppo shahri azaldan to‘qimachilik va sovun ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoga mashhur markazlardan biri bo‘lganini taʼkidlab, bugungi kunda shahar yana tiklanish va iqtisodiy rivojlanish bosqichiga kirganini qayd etdi.

Tomonlar mazkur tashrif O‘zbekiston va Suriya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishini taʼkidladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling