Oʻzbekiston va Qoʻshma Shtatlar Samarqandga investitsiyalarni kengaytirmoqda

Oʻzbekiston va Qoʻshma Shtatlar Samarqandga investitsiyalarni kengaytirmoqda

Oʻzbekiston va Qoʻshma Shtatlar Samarqandga investitsiyalarni kengaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev boshchiligidagi delegatsiya Qoʻshma Shtatlarga ishchi tashrifi davomida biznes va taʼlim vakillari bilan bir qator uchrashuvlar oʻtkazdi, ularda investitsiya hamkorligini kengaytirish va mintaqaning inson resurslarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Muloqot davomida “Sangita Capital Partners” kompaniyasi rahbari Anthony Sansone asosiy faoliyat yo‘nalishlari, hamkor tashkilotlari bilab birgalikda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni amalga oshirish, aktivlar va investitsiya portfellarini samarali boshqarish, shuningdek, biznesni strategik rivojlantirish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyati haqida gapirdi. Qayd etilishicha, kompaniya nafaqat investor, balki loyihalarda faol ishtirok etuvchi hamkor sifatida ham ish olib boradi.

Uchrashuvda viloyat hokimi Adiz Boboyev Samarqandda xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar, olib borilayotgan islohotlar hamda mavjud investitsiyaviy imkoniyatlar, istiqbolli yo‘nalishlsr haqida maʼlumotlar berdi. Muloqotda istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhim ekani alohida qayd etildi.

Muzokaralar yakunida tomonlar investitsiyalarni faol jalb qilish, qo‘shma loyihalarni ilgari surish va uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan dastlabki kelishuvlarga erishdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling