O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
O‘zbekiston

Oʻzbekiston va Parlamentlararo ittifoq hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini muhokama qilishdi

Dilafro'z Niyazova · 05.09.2026 · 11:40 · 29 views
Oʻzbekiston va Parlamentlararo ittifoq hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini muhokama qilishdi
Oʻzbekiston va Parlamentlararo ittifoq hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini muhokama qilishdi / Foto: Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Yosh parlament aʼzolarining XII global konferensiyasi doirasida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Parlamentlararo Ittifoq Bosh kotibi Anda Filip xonim bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Parlamentlararo Ittifoq o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati, erishilgan natijalar hamda istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi.

Anda Filip O‘zbekistonning tashkilot bilan hamkorlikni rivojlantirish borasidagi tashabbuslarini yuqori baholadi. Xususan, Buxoroda Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda parlamentlararo hamkorlik bo‘yicha global forum, Toshkentda jahon parlamentlari ayol rahbarlarining sammiti, Samarqand va Buxoroda Osiyo xotin-qizlar forumlari o‘tkazilgani mamlakatimizning xalqaro parlamentlararo muloqotdagi faol ishtirokining muhim natijalari sifatida qayd etildi.

Shuningdek, 2025-yil aprel oyida Toshkentda Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley Assambleyasi Markaziy Osiyoda ilk bor o‘tkazilgani alohida taʼkidlandi.

Muloqot davomida O‘zbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi tomonidan parlamentlarning xalqaro va global jarayonlardagi rolini kuchaytirishga qaratilgan rezolyutsiyalar qabul qilingani ham mamlakatimizning parlament diplomatiyasi sohasidagi muhim tashabbuslaridan biri sifatida eʼtirof etildi.

Parlamentlararo Ittifoqning yangi Strategiyasi doirasida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashinuvini kengaytirish, yangi qo‘shma tashabbus va amaliy loyihalarni ilgari surish yuzasidan fikr almashildi.