Shoshilinch
O‘zbekiston

Olti davlat CASCA+ temir yo‘l yo‘nalishini rivojlantirishga kelishib oldi

Olti davlat CASCA+ temir yo‘l yo‘nalishini rivojlantirishga kelishib oldi
Olti davlat CASCA+ temir yo‘l yo‘nalishini rivojlantirishga kelishib oldi / Foto: “O‘ztemiryo‘lkonteyner”.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Gruziya va Turkiya temir yo‘l maʼmuriyatlari CASCA+ xalqaro multimodal yo‘nalishini rivojlantirish bo‘yicha keyingi chora-tadbirlarni amalga oshirishga kelishib oldi.

Tegishli olti tomonlama protokol 7–8 oktyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan temir yo‘l maʼmuriyatlari rahbarlari uchrashuvi yakunlari bo‘yicha imzolandi.

Ishtirokchilar Osiyo va Yevropa o‘rtasida yuk tashish hajmini kengaytirish, yo‘nalishning raqobatbardoshligini oshirish hamda ishtirokchi mamlakatlarning tranzit salohiyatidan yana-da samarali foydalanish masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuv transport va logistika sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlashga ham qaratildi.

Muhokamalarning asosiy mavzularidan biri CASCA+ yo‘nalishi bo‘yicha yuk tashish hajmini oshirish bo‘ldi.

Tomonlar refrijerator konteynerlarda yuk tashish uchun raqobatbardosh tariflarni joriy etish, shuningdek, yo‘nalishning butun masofasi bo‘ylab fitingli platformalar muntazam taqdim etilishini taʼminlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.

Konteynerlarning portlarda bekor turish vaqtini qisqartirish masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Bu xalqaro yuk tashish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.

Imzolangan protokol erishilgan kelishuvlarni mustahkamlaydi hamda olti mamlakat temir yo‘l maʼmuriyatlari o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi.

Ishtirokchilar CASCA+ yo‘nalishini rivojlantirishni Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi transport-logistika aloqalarini mustahkamlash hamda ushbu yo‘nalishda ishtirok etuvchi davlatlarning tranzit salohiyatidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rmoqda.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.