O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
O‘zbekiston

Oʻzbekiston va Ozarbayjonning birinchi xonimlari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurishdi

Dilafro'z Niyazova · 24.08.2026 · 12:53 · 36 views
Oʻzbekiston va Ozarbayjonning birinchi xonimlari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurishdi
Oʻzbekiston va Ozarbayjonning birinchi xonimlari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurishdi / Foto: Telegram/Ziroat_Mirziyoyeva_First_lady.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva va Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining rafiqasi Mehriban Aliyeva Toshkentda uchrashib, qo‘shma dastur doirasida Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi. Ular O‘zbekiston tarixi, madaniyati va maʼnaviy merosiga, shuningdek, ikki xalq o‘rtasidagi tarixiy aloqalarga bag‘ishlangan ekspozitsiyalar bilan tanishdi. Bu haqda O‘zbekiston birinchi xonimining Telegram-kanali xabar berdi.

Ziroat Mirziyoyeva va Mehriban Aliyeva «Islomdan oldingi davr sivilizatsiyalari» zali, Birinchi va Ikkinchi Uyg‘onish davrlariga bag‘ishlangan ekspozitsiyalar, shuningdek, «Yangi O‘zbekiston» zali bilan tanishdi.

Birinchi xonumlar O‘zbekiston va Ozarbayjon xalqlari o‘rtasidagi ko‘p asrlik tarixiy va madaniy aloqalarni aks ettiruvchi muzey eksponatlarini ham ko‘zdan kechirdi.

Tashrif yakunida ular ekspozitsiyaning maʼnaviy va meʼmoriy markazi hisoblangan Qurʼon zaliga kirdi. Zalning asosiy durdonasi Musʼhafi Usmon bo‘lib, u Qurʼoni karimning saqlanib qolgan eng qadimiy qo‘lyozmalaridan biri hisoblanadi.

Islom yozma madaniyatining mazkur yodgorligi VII asrga mansub bo‘lib, YUNESKOning «Jahon xotirasi» xalqaro reyestriga kiritilgan.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi gumanitar va madaniy aloqalarni yana-da mustahkamlash muhimligi taʼkidlandi. Shuningdek, ikki mamlakat xalqlarini birlashtirib turuvchi mushtarak tarix, madaniy anʼanalar va maʼnaviy qadriyatlarning umumiyligi qayd etildi.