Oʻzbekiston va O‘mon madaniyat va fan sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi
Oʻzbekiston va O‘mon madaniyat va fan sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 1-iyul kuni Masqat shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Sulton Qobus nomidagi Madaniyat va fan bo‘yicha Oliy markaz raisi Habib al Riyamiy bilan uchrashdi.
Muzokaralar davomida madaniyat, ilm-fan va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollari, yangi qo‘shma tashabbuslarni hayotga tadbiq etish masalalari batafsil muhokama qilindi.
Ikki mamlakat tegishli ilmiy va madaniy muassasalari bilan o‘zaro hamkorlikni kengaytirish ilmiy anjumanlar, ko‘rgazmalar va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish, ta’lim grantlarini taqdim qilish, shuningdek, O‘zbekiston va O‘monning boy tarixiy-madaniy merosini keng targ‘ib qilishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr almashildi.