O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston va Belarus yangi sanoat kooperatsiyasi loyihalarini boshlaydi

UzDaily tahririyati · 01.07.2026 · 10:40 · 27 views
Oʻzbekiston va Belarus yangi sanoat kooperatsiyasi loyihalarini boshlaydi

Oʻzbekiston va Belarus yangi sanoat kooperatsiyasi loyihalarini boshlaydi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 29-iyun kuni O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov iqtisodiy muloqotni mustahkamlash va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish maqsadida Minsk shahriga tashrif buyurdi.

Belarus Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Yuriy Shuleyko bilan o‘tkazilgan muzokaralarda o‘zaro savdo hajmi o‘tgan yili 965 mln dollarga yetgani qayd etildi. O‘zbekistonda Belarus kapitali ishtirokidagi 250 ta, Belarusda esa O‘zbekiston kapitali ishtirokidagi 110 ta korxona faoliyat yuritmoqda.

Tomonlar hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Yo‘l xaritasini tayyorlash hamda 6-8-iyul kunlari Minsk shahrida 3-Hududlararo forumni o‘tkazish masalalarini muhokama qildilar.

E’tibor markazida Belarusda chorvachilik klasterlarini tashkil etish, shuningdek, yengil, oziq-ovqat, mebel, kimyo sanoati va qurilish materiallari ishlab chiqarish yo‘nalishlaridagi kooperatsiya masalalari bo‘ldi.

Shuningdek, vazir yirik kompaniyalar rahbarlari bilan O‘zbekistonda dori vositalarini mahalliylashtirish va ilmiy-ishlab chiqarish klasterlarini tashkil etish masalalarini muhokama qildi.

Oziq-ovqat sanoatida sut, qandolat va bolalar mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalari ko‘rib chiqildi, tikuvchilik va yog‘ochni qayta ishlash tarmoqlari bilan esa kiyim-kechak, mebel, polimerlar, qadoqlash mahsulotlari va qurilish materiallarini ishlab chiqarish bo‘yicha rejalar belgilandi.

Tashrif yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonga kapital oqimini jalb etish, texnologiyalar transferini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladigan yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.