O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston va Argentina savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiradi

UzDaily tahririyati · 28.07.2026 · 17:00 · 100 views
Oʻzbekiston va Argentina savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiradi
Oʻzbekiston va Argentina savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiradi / Surat: O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi maslahatchisi Alisher Shayxov hamda Argentinaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Enrike Ignasio Ferrera Viyeyra o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv avvalida Alisher Shayxov Elchini yangi lavozimga tayinlanganligi bilan muborakbod etib, O‘zbekiston-Argentina o‘rtasidagi do‘stlik va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash borasidagi kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Argentina o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni yana-da rivojlantirish, investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish hamda ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, muzokaralar davomida qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, to‘qimachilik, poyabzal ishlab chiqarish, farmatsevtika, elektrotexnika, zargarlik, kimyo sanoati, turizm, tibbiyot va taʼlim sohalarida hamkorlikni kengaytirishning istiqbolli yo‘nalishlari belgilandi.

Tomonlar mazkur tashabbusni amalga oshirish bo‘yicha amaliy hamkorlikni davom ettirish, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi aloqalarni yana-da faollashtirish va qo‘shma loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.