Madaniy meros sohasidagi davlat boshqaruvi tizimi takomillashtiriladi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Qonun (O‘RQ–1160-son, 23.07.2026 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Mazkur Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi vakolatlarini aniqlashtiruvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, Madaniy meros agentligi quyidagi vakolatlarni amalga oshirishi belgilandi:
moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish davlat dasturlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etadi;
moddiy madaniy meros obyektlarining aniqlanishini, hisobga olinishini, muhofaza qilinishini, targ‘ib qilinishini va ulardan foydalanilishini taʼminlaydi;
moddiy madaniy meros obyektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasini tashkil etadi va amalga oshiradi va boshqalar.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.