O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Oʻzbekiston Prezidenti Yaponiya moliya vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

UzDaily · 03.05.2026 · 20:20 · 787 views
Oʻzbekiston Prezidenti Yaponiya moliya vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Oʻzbekiston Prezidenti Yaponiya moliya vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining yigʻilishi doirasida Yaponiya moliya vaziri Satsuki Katayama boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) boshqaruvchisi Nobumitsu Xayasi va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) katta vitse-prezidenti Masao Yahara ham ishtirok etishdi.

Suhbat avvalida yuqori martabali mehmon mamlakatimiz yetakchisiga Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichining salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi.

Davlatimiz rahbarining 2025-yil dekabr oyida Yaponiyaga amalga oshirgan tashrifi ikki tomonlama munosabatlarda yangi davrni boshlab bergani taʼkidlandi.

Muloqot chogʻida iqtisodiy hamkorlikning ijobiy surʼatlari alohida qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi ortmoqda, Yaponiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekiston Prezidenti mamlakatimiz moliya tizimini modernizatsiya qilish, xususan, gʻaznachilik sohasiga sunʼiy intellektni joriy etish, raqamli moliya transformatsiyasi va ushbu yoʻnalishda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha bir qator istiqbolli takliflarni ilgari surdi.

Qayta tiklanuvchi energiya, tibbiyot, axborot texnologiyalari, transport va qishloq xoʻjaligi sohalaridagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni jadallashtirishga kelishib olindi.

UzDaily · 👁 787 views · 03.05.2026 · 20:20