Oʻzbekiston chegara tunnellari uchun jazolarni kuchaytiradi

Oʻzbekiston chegara tunnellari uchun jazolarni kuchaytiradi

Oʻzbekiston chegara tunnellari uchun jazolarni kuchaytiradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Majlisda “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslariga davlat chegarasini qo‘riqlash hamda himoya qilishni yanada kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Hujjat aholi tinchligi, mamlakatimiz xavfsizligi, iqtisodiy barqarorligini mustahkam himoya qilish choralarini yanada kuchaytirishga qaratilgan. Qonun loyihasi bilan davlat chegarasi orqali tovar-moddiy boyliklar, xorijiy valyuta, qimmatbaho metallar va boshqa predmetlarni noqonuniy olib o‘tish, bojxona nazoratini chetlab o‘tish bilan bog‘liq javobgarlik kuchaytirilmoqda.

Xususan, davlat chegarasi orqali yer ostida noqonuniy qurilgan inshootlar, tunnellar yoki boshqa infratuzilmadan foydalangan holda bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilanmoqda.

Shu bilan birga, davlat chegarasi orqali yer ostida noqonuniy qurilgan inshootlar va tunnellardan foydalangan holda qonunga xilof ravishda chet elga chiqish, O‘zbekiston Respublikasiga kirish yoki davlat chegarasidan o‘tish uchun ham javobgarlik kuchaytirilmoqda.

Qonun loyihasida davlat chegarasi orqali yer ostida noqonuniy inshootlar va tunnellar qurish, infratuzilma barpo etish, ulardan foydalanish hamda mazkur faoliyatni moliyalashtirish uchun ham alohida jinoiy javobgarlik joriy etilmoqda.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling