O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

“O‘zbekneftgaz” va “KazMunayGaz” hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasini imzoladi

Dilafro'z Niyazova · 13.05.2025 · 15:40 · 623 views
“O‘zbekneftgaz” va “KazMunayGaz” hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasini imzoladi
“O‘zbekneftgaz” va “KazMunayGaz” hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasini imzoladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 13 may kuni "O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2025" xalqaro ko‘rgazmasi doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi va “KazMunayGaz” AJ rahbari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Unda gazni qayta ishlash, uglevodorodlarni qazib olish va yangi yoqilg‘i mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‘nalishida hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, hamkorlik loyihalar geografiyasini kengaytirish, resurs bazasidan foydalanish samaradorligini oshirish, har ikki kompaniyaning ishlab chiqarish va transport infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar kompaniyalar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi"ni imzoladilar.