O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

O‘zbekistonning U-17 futbolchilari JCH oldidan Angliya, Kanada va Marokkoga qarshi o‘ynaydi

UzDaily · 31.07.2025 · 21:20 · 1258 views
O‘zbekistonning U-17 futbolchilari JCH oldidan Angliya, Kanada va Marokkoga qarshi o‘ynaydi

O‘zbekistonning U-17 futbolchilari JCH oldidan Angliya, Kanada va Marokkoga qarshi o‘ynaydi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi (U-17) bosh murabbiy Islombek Ismoilov rahbarligida sentyabr oyida 17 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida Ispaniyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari o‘tkazadi.

Yig‘in doirasida jamoa xalqaro musobaqada ishtirok etadi va u yerda jahon chempionati ishtirokchilari — Angliya, Kanada va Marokko terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Taʼkidlanishicha, 3 sentyabr kuni o‘zbekistonliklar Angliyaga qarshi maydonga tushadi, 6 sentyabr kuni Kanada bilan, 9 sentyabr kuni esa Marokkoga qarshi o‘ynaydi.

UzDaily · 👁 1258 views · 31.07.2025 · 21:20