O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
Iqtisod

O‘zbekistonda importchilar uchun QQS bo‘yicha tartib o‘zgardi

Dilafro'z Niyazova · 04.09.2026 · 21:46 · 38 views
O‘zbekistonda importchilar uchun QQS bo‘yicha tartib o‘zgardi
O‘zbekistonda importchilar uchun QQS bo‘yicha tartib o‘zgardi / Foto: Soliq qo'mitasi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda tovarlarni import qiluvchi yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni qo‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) to‘lashga majburiy o‘tkazish tartibi bekor qilindi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.

O‘zgarish natijasida 560 nafar tadbirkor-importchi QQS to‘lash rejimiga o‘tish o‘rniga aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Avval amalda bo‘lgan tartibga ko‘ra, mamlakatga tovar olib kiruvchi tadbirkorlar majburiy tarzda QQS to‘lovchilari sifatida eʼtirof etilar edi.

Soliq qo‘mitasi maʼlum qilishicha, 2025 yilda 1,6 ming nafar importchi import qilgan tovarlarining qiymati 1 ming dollardan oshmagan bo‘lsa ham, QQS va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tkazilgan.

Majburiy o‘tish tartibining bekor qilinishi mazkur importchilarga aylanmadan olinadigan soliqni to‘lagan holda faoliyatini davom ettirish imkonini beradi.