O‘zbekistonda GLOBAL INSURANCE GROUP sug‘urta kompaniyasi litsenziyasi bekor qilindi

O‘zbekistonda GLOBAL INSURANCE GROUP sug‘urta kompaniyasi litsenziyasi bekor qilindi

O‘zbekistonda GLOBAL INSURANCE GROUP sug‘urta kompaniyasi litsenziyasi bekor qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 9 maydan boshlab O‘zbekistonda “GLOBAL INSURANCE GROUP” aksiyadorlik sug‘urta tashkilotining litsenziyasi bekor qilindi. Bu qaror litsenziyalash bo‘yicha milliy qonunchilikka muvofiq qabul qilingani haqida Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) xabar berdi.

Litsenziyani bekor qilishga O‘zbekiston Respublikasining «Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi qonuni 34-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 80-son qarori 52-bandi asos bo‘lgan.

Gap 2022 yil 25 fevralda maxsus elektron litsenziyalash tizimi orqali berilgan SF № 00035 seriyali litsenziya haqida bormoqda.

ILMAning rasmiy maʼlumotida taʼkidlanishicha, kompaniya avval tuzilgan sug‘urta va qayta sug‘urta shartnomalari bo‘yicha barcha majburiyatlarni belgilangan tartibda bajarishi shart.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling