O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

O‘zbekistonda farmatsevtika sohasi uchun PharmaNext dasturi ishga tushirildi

Dilafro'z Niyazova · 02.11.2025 · 12:43 · 1622 views
O‘zbekistonda farmatsevtika sohasi uchun PharmaNext dasturi ishga tushirildi
O‘zbekistonda farmatsevtika sohasi uchun PharmaNext dasturi ishga tushirildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi mamlakatda biotexnologiya va farmatsevtika sohalarida innovatsion loyihalarni shakllantirishga qaratilgan 8 haftalik keng ko‘lamli “PharmaNext” dasturini ishga tushirilishini eʼlon qildi.

“PharmaNext” dasturi o‘zining noyobligi bilan ajralib turadi - u bir vaqtning o‘zida ham institutsional bazani, ham aniq texnologik loyihalarni rivojlantiradi.

1-Yo‘nalish: Tizimlashtirish va institutsional yetakchilik (Ilmiy tadqiqot institutlari va oliy o‘quv yurtlari uchun).

Bu yo‘nalish ilmiy tadqiqot institutlari, oliy o‘quv yurtlari rahbarlari hamda ilmiy markazlar direktorlari uchun mo‘ljallangan. Maqsad - tashkilotlar doirasida innovatsion loyihalarni boshqarishning ichki, bozorga yo‘naltirilgan tizimini yaratish.

Asosiy natijalar:

Komplayens — GLP/GCP/GMP talablari va SaMD standartlarini joriy etish.

Texnologiya transferi — mahalliy CMO autsorsingi uchun texnologiyalarni samarali topshirishga mo‘ljallangan SOW shablonini ishlab chiqish.

Strategiya — 2026–2030 yillar uchun innovatsion yo‘l xaritasini tayyorlab, maqsadli moliyalashtirishni jalb etish.

2-Yo‘nalish: Mahsulot yaratish va tijoratlashtirish (Startaplar va olimlar uchun).

Bu yo‘nalish loyihalarni amaliy bosqichga olib chiqishga - g‘oyadan tayyor prototip yoki konsepsiya isbotiga (PoC) qadar yetkazishga qaratilgan.

Asosiy imkoniyatlar:

PoC / MVP — ishtirokchilar 8 hafta mobaynida ishchi prototip yaratish yoki asoslangan ilmiy maʼlumotlar (PoC) ustida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Investitsiya qadoqlash — loyihalar klinikagacha bo‘lgan tadqiqotlar (KOT) yoki MVPni kengaytirishning haqiqiy qiymatini baholaydi.

“PharmaNext” dasturi ilmiy salohiyatni amaliy natijalarga aylantirish, farmatsevtika va biotexnologiya sohalarida yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.