Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekiston Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) "Alkes Research" MChJning qimmatli qog'ozlar bozorida investitsiya aktivlari bo'yicha ishonchli boshqaruvchi sifatida professional faoliyat yuritish litsenziyasini 2026-yil 26-avgustdan boshlab bekor qildi.
Regulyator ma'lumotlariga ko'ra, litsenziya "Alkes Research" MChJning o'z ariza asosida bekor qilingan.
Litsenziya bekor qilinganidan so'ng, ILMA o'z rasmiy veb-saytida qimmatli qog'ozlar bozori professional ishtirokchilarining reestriga tegishli o'zgartirishlarni kiritdi va kompaniya statusidagi o'zgarishni aks ettirdi.
Tuzatish: ushbu maqolaga litsenziyaning bekor qilinish asosi bo'yicha aniqlik kiritildi. Litsenziya kompaniyaning o'z arizasi asosida bekor qilingan. Bundan tashqari, "Alkes Research" MChJ ilgari mamlakat moliya bozorida investitsiya aktivlarini boshqarish xizmatlarini ko'rsatgani haqidagi abzats matndan olib tashlandi.