O‘zbekiston va Singapur erkin savdo bo‘yicha muzokara boshladi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston va Singapur erkin savdo rejimi shakllantirish bo‘yicha muzokaralarni boshlashga kelishib oldi. Hujjat 28 avgust kuni Singapur katta vaziri Li Syan Lunning O‘zbekistonga tashrifi doirasida, investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov ishtirokida imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.
Muzokara jarayonining boshlanishi ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro savdoni kengaytirish, shuningdek, tovarlarni O‘zbekiston va Singapur bozorlariga olib kirish sharoitlarini yaxshilash uchun imkoniyatlar yaratadi.
Marosim doirasida Singapore Cooperation Enterprise bilan maxsus iqtisodiy zonalarni rivojlantirish sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvlar ham mustahkamlandi. Tomonlar ushbu yo‘nalishda Singapurning tajribasi va ekspertizasidan foydalanishni rejalashtirmoqda.
Alohida hujjat xalqaro kompaniyalar Wilmar International va Indorama ishtirokida oziq-ovqat sanoati sohasida hamkorlikni nazarda tutadi. Toshkent viloyatida o‘simlik moylarini ishlab chiqarish va qayta ishlashni tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Loyiha doirasida keyinchalik ozuqa bazasini rivojlantirish va parrandachilikni yo‘lga qo‘yish ham ko‘zda tutilgan. Shu tariqa, hamkorlik oziq-ovqat sanoati va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining o‘zaro bog‘liq yo‘nalishlarini rivojlantirishni nazarda tutadi.
Hujjatlar 28 avgust kuni Singapur katta vaziri Li Syan Lunning tashrifi bilan bog‘liq ikki tomonlama dastur doirasida imzolandi.