O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

O‘zbekiston va Pokiston transport aloqalarini yangi bosqichga olib chiqmoqda

UzDaily · 05.02.2026 · 10:00 · 672 views
O‘zbekiston va Pokiston transport aloqalarini yangi bosqichga olib chiqmoqda

O‘zbekiston va Pokiston transport aloqalarini yangi bosqichga olib chiqmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov boshchiligida mamlakatimizning yirik transport-ekspeditorlik kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiyaning Pokistonga amalga oshirgan tashrifi doirasida ikki mamlakat o‘rtasida transport-logistika sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish va mintaqaviy bog‘liqlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda Pokiston Temir yo‘llar vaziri o‘rinbosari Mazxar Ali Shoh bilan “O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston” temir yo‘l qurilishi loyihasini texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish uchun qisqa muddatda dala-tadqiqot ishlarini boshlashga kelishildi.

Shuningdek, Pokiston kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari Ali Shoh Masud bilan yangi “Pokiston – Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” transport yo‘lagini yaratish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Tomonlar joriy yil fevral oyida mazkur yo‘nalishda pilot tashuvlarini amalga oshirishga kelishib oldi.

UzDaily · 👁 672 views · 05.02.2026 · 10:00