7
Texnologiyalar

O‘zbekiston SpaceX bilan yangi hamkorlik doirasida sun’iy yo‘ldosh uchirilishini muhokama qilmoqda

O‘zbekiston SpaceX bilan yangi hamkorlik doirasida sun’iy yo‘ldosh uchirilishini muhokama qilmoqda
O‘zbekiston SpaceX bilan yangi hamkorlik doirasida sun’iy yo‘ldosh uchirilishini muhokama qilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Uzcosmos delegatsiyasi AQShning bir necha shtatlarida bo’lib, xalqaro “Space Symposium” konferensiyasida ishtirok etishdi.

Uchrashuvlar va asosiy voqealar:

Koreya aerokosmik administratsiyasi (KASA) bilan anglashuv memorandumi imzolandi.

“SpaceX” kompaniyasining raketasida O’zbekistonning ilmiy texnologik sun’iy yo‘ldoshini uchirish masalasi muhokama qilindi.

O‘zbekistonda “Esri” kompaniyasining ofisi yoki texnologik markazini ochish, “IT Park Uzbekistan” rezidenti sifatida mintaqaviy bo’linma tashkil etish g’oyasi ilgari surildi.

Xalqaro Astronavtika Kongressini 2028-yilda O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Fransiyaning “Novaspace” konsalting kompaniyasi bilan konsultativ hamkorlik bo'yicha kelishuvga erishildi.

Suv resurslarini monitoring qilish bo‘yicha Kaliforniya tajribasi o‘rganildi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.