O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
Iqtisod

O‘zbekiston OKA agentligi Armaniston tajribasini o‘rgandi

Dilafro'z Niyazova · 04.09.2026 · 14:20 · 34 views
O‘zbekiston OKA agentligi Armaniston tajribasini o‘rgandi
O‘zbekiston OKA agentligi Armaniston tajribasini o‘rgandi / Foto: Omonatlarni Kafolatlash Agentligi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonning Omonovatlarni kafolatlash agentligi delegatsiyasi 26–27 avgust kunlari ishchi tashrif bilan Yerevan shahrida bo‘lib, omonatlarni kafolatlash sohasida Armanistonning amaliy tajribasini o‘rgandi.

Tashrif 2025 yilda imzolangan o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi asosida tashkil etildi hamda tomonlar o‘rtasida amaliy tajriba almashishga qaratildi.

Muzokaralarda Armaniston Omonatlarni kafolatlash jamg‘armasi vakillari hamda moliyaviy barqarorlik, inqirozlarni boshqarish, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va moliyaviy savodxonlik masalalariga masʼul Armaniston Markaziy banki mutaxassislari ishtirok etdi.

Uchrashuvlar davomida O‘zbekiston delegatsiyasi Armanistondagi omonatlarni kafolatlash tizimining normativ-huquqiy bazasi, shuningdek, investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi ichki hujjatlar bilan tanishdi.

Shuningdek, investitsiya portfelini shakllantirish tamoyillari, ruxsat etilgan moliyaviy vositalar ro‘yxati hamda kredit, bozor, operatsion va likvidlik risklarini baholash va boshqarish mexanizmlari alohida ko‘rib chiqildi.

Tomonlar investitsiya portfelini diversifikatsiya qilish, uni qayta baholash, limitlar tizimidan foydalanish va stress-testlar o‘tkazish bo‘yicha ham tajriba almashdi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston Omonovatlarni kafolatlash agentligi vakillari 2026 yilda tijorat banklaridan birining litsenziyasi chaqirib olinganidan so‘ng omonatchilarga kompensatsiya to‘lovlarini tashkil etish va amalga oshirish jarayonida orttirilgan amaliy tajriba haqida maʼlumot berdi.

Ishchi tashrif doirasida delegatsiya Armaniston Markaziy banki Tashrif buyuruvchilar markazi va muzeyi faoliyati bilan ham tanishdi.

Uchrashuvlar yakunlari bo‘yicha tomonlar o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi doirasida muntazam muloqotni davom ettirish hamda omonatlarni kafolatlash sohasida amaliy tajriba almashishni kengaytirishga kelishib oldi.