O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

O‘zbekiston Global Firepower reytingida 58-o‘rinni egalladi

UzDaily · 10.01.2025 · 21:55 · 1387 views
O‘zbekiston Global Firepower reytingida 58-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston Global Firepower reytingida 58-o‘rinni egalladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston dunyoning eng kuchli armiyalari reytingida 58-o‘rinni egalladi. Mazkur reyting Global Firepower tomonidan tuzilib, 145 mamlakatni qamrab olgan.

O‘tgan yilga nisbatan O‘zbekiston yetti pog‘ona yuqorilab, 65-o‘rindan 58-o‘ringa ko‘tarildi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Qozog‘iston 57-o‘rinni, Turkmaniston 77-o‘rinni, Qirg‘iziston 105-o‘rinni, Tojikiston esa 108-o‘rinni egalladi.

Reyting yetakchisi AQSh bo‘lib, ro‘yxatning eng oxirgi pog‘onasida Butan joylashgan. Rossiya ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Xitoy uchinchi o‘rinda qayd etilgan.

UzDaily · 👁 1387 views · 10.01.2025 · 21:55