O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

O‘zbekiston eng ko‘p Qozog‘istonga yeryong‘oq eksport qilgan

Dilafro'z Niyazova · 27.06.2025 · 10:55 · 370 views
O‘zbekiston eng ko‘p Qozog‘istonga yeryong‘oq eksport qilgan
O‘zbekiston eng ko‘p Qozog‘istonga yeryong‘oq eksport qilgan

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2025 yilning yanvar-may oylarida xorijga qiymati 5,6 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 5,9 ming tonna yeryong‘oq eksport qilgan.

O‘zbekiston 2025 yilnig 5 oyida eng ko‘p yeryong‘oq eksport qilgan davlatlar:

Qozog‘iston – 2,4 ming tonna

Ozarbayjon – 713 tonna

Rossiya – 648 tonna

Pokiston – 497 tonna

Turkmaniston – 464 tonna

Boshqa davlatlar – 1,2 ming tonna