O'zbek gilosining eksporti besh oy ichida 36,5 million dollardan oshdi
O'zbek gilosining eksporti besh oy ichida 36,5 million dollardan oshdi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil yanvar–may oylarida O‘zbekiston 36,5 mln dollarlik jami 16,8 ming tonna atrofida gilos eksport qildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi maʼlum qildi.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan eksport hajmi 4,1 ming tonnaga qisqargan.
Hisobot davrida o‘zbek gilosining eng yirik importchisi Rossiya bo‘lib, ushbu mamlakatga 11,7 ming tonna mahsulot yetkazib berilgan.
Qirg‘izistonga 2,6 ming tonna, Qozog‘istonga esa 2 ming tonna gilos eksport qilingan. Belarusga yetkazib berish hajmi 135,3 tonnani, Birlashgan Arab Amirliklariga esa 116,7 tonnani tashkil etgan. Boshqa davlatlarga yana qariyb 140 tonna mahsulot eksport qilingan.
Jami 2026 yilning dastlabki besh oyida o‘zbek gilosi 11 ta xorijiy davlatga yetkazib berildi.