Shoshilinch
O‘zbekiston

Ozarbayjon Prezidenti davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonga keldi

Ozarbayjon Prezidenti davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonga keldi
Ozarbayjon Prezidenti davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonga keldi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev rafiqasi hamrohligida 23-avgust kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

“Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonlarni davlatimiz rahbari va rafiqasi kutib oldilar.

Ikki mamlakat davlat bayroqlari koʻtarilib, faxriy qorovul saf tortdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, bugun Oʻzbekiston va Ozarbayjon yetakchilari oliy darajadagi muzokaralar hamda Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yigʻilishini oʻtkazadilar.

Sammit davomida salmoqli hujjatlar toʻplamini imzolash hamda qator iqtisodiy va gumanitar loyihalarni ishga tushirish rejalashtirilgan.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.