O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Oʻzbekiston va Turkiyaning TOKI kompaniyasi uy-joylarni taʼmirlash boʻyicha sinov dasturini ishlab chiqadi

UzDaily tahririyati · 26.06.2026 · 15:20 · 32 views
Oʻzbekiston va Turkiyaning TOKI kompaniyasi uy-joylarni taʼmirlash boʻyicha sinov dasturini ishlab chiqadi

Oʻzbekiston va Turkiyaning TOKI kompaniyasi uy-joylarni taʼmirlash boʻyicha sinov dasturini ishlab chiqadi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Turkiyaga tashrif davomida Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish miliiy qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev Anqara shahrida Uy-joy qurilish davlat boshqarmasi (TOKI) rahbari Mustafa Sungur bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida TOKIning daromad taqsimlash modeli asosida aholini sifatli va arzon uy-joy bilan ta’minlash hamda eskirgan turar-joy fondini renovatsiya qilish borasidagi tajribasi bilan tanishildi.

TOKI rahbari M.Sungur Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi bilan hamkorlikda turkiyalik mutaxassislarini jalb qilgan holda pilot renovatsiya dasturini birgalikda ishlab chiqishga tayyorligini bildirdi.

Ushbu tashkilotning asosiy maqsadi – mamlakatdagi muhtoj aholi qatlamlarini sog‘lom shahar muhitida yetarli miqdorda xavfsiz va arzon ijtimoiy uy-joylar bilan ta’minlash hisoblanadi. TOKI faoliyati davomida 1,7 mln ijtimoiy uy-joyni foydalanishga topshirgan.

Uchrashuv yakunida uy-joy qurilishi, renovatsiya va shaharsozlik sohalarida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.