O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Oʻzbekiston va BMT gender tengligini taʼminlash masalalarini muhokama qilishdi

UzDaily · 15.05.2026 · 21:32 · 547 views
Oʻzbekiston va BMT gender tengligini taʼminlash masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va BMT gender tengligini taʼminlash masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Buxoro shahrida Osiyo xotin-qizlari II forumi doirasida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva BMTning Ayollarga nisbatan kamsitishlarni bartaraf etish qo‘mitasi raisi Naxla Haydar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot chog‘ida mamlakatimiz 2030-yilgacha mo‘ljallangan Gender tenglik strategiyasi amalga oshirilayotgani, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi,  “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilingani taʼkidlandi.

Naxla Haydar O‘zbekistonda gender tenglikni taʼminlash va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlarni yuqori baholadi.

Tomonlar xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish, ayniqsa qishloq joylarda ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, gender tenglik sohasida milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish hamda xotin-qizlar liderligini rivojlantirish masalalari yuzasidan ham fikr almashdi.

UzDaily · 👁 547 views · 15.05.2026 · 21:32