Oʻzbekiston Energetika vazirligi Xitoy bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda

Oʻzbekiston Energetika vazirligi Xitoy bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda

Oʻzbekiston Energetika vazirligi Xitoy bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Uzbekistan Energy Week 2026” doirasida yetakchi xalqaro energetika kompaniyalari va tashkilotlari vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar davom etmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov Chen Junli — “China National Nuclear Corporation” vitse-prezidenti va yetakchi partiya guruhi aʼzosi bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Muzokaralar davomida tomonlar atom energetikasi sohasidagi hamkorlik istiqbollari, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, ilgʻor texnologik yechimlarni joriy etish, milliy kadrlarni tayyorlash hamda institutsional bazani rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling