O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Nuqusdagi SUPERSHOP raqobat to‘g‘risidagi qonunni buzgan deb topildi

Dilafro'z Niyazova · 10.11.2025 · 16:35 · 1233 views
Nuqusdagi SUPERSHOP raqobat to‘g‘risidagi qonunni buzgan deb topildi
Nuqusdagi SUPERSHOP raqobat to‘g‘risidagi qonunni buzgan deb topildi / Foto: Surat sun'iy intellekti tomonidan yaratilgan.

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida faoliyat yurituvchi joylashgan “SUPERSHOP” MCHJ savdo nuqtasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda “eng arzon” degan oshiruvchi munosabatlardan foydalanilgan bo‘lib, bunda raqobatchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mahsulotlari bilan taqqoslashda xolis tasdiqlangan tavsiflar yoki parametrlar ko‘rsatilmasdan, “Instagram” ijtimoiy tarmoqlarida reklama eʼlonlari joylashtirilgani maʼlum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘mita o‘rganish ishlari olib borishi natijasida, “SUPERSHOP” MCHJ O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni 21-moddasi talablarini buzgan deb topildi.

Aniqlangan qonunbuzilish holati yuzasidan, Qo‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan “SUPERSHOP” MCHJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, ishni ko‘rib chiqish yakunida korxonaga huquqiy tushuntirishlar berildi hamda qonunbuzilish holatini to‘liq bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatma berildi.