7
Turizm

National Geographic Özbekistonni istiqbolli çanği turizmi yönalişi deb atadi

National Geographic Özbekistonni istiqbolli çanği turizmi yönalişi deb atadi
National Geographic Özbekistonni istiqbolli çanği turizmi yönalişi deb atadi / Foto: National Geographic Traveller (UK).

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Buyuk Britaniyaning National Geographic Traveller (UK) naşri Özbekistondagi “Amirsoy” toğ-çanği kurorti va mamlakatda qişki turizmni rivojlantiriş salohiyati haqida maqola e’lon qildi.

«Özbekiston — çanği turizmi uçun yangi istiqbolli yönalişmi?» sarlavhali materialni jurnalist Mayk MakIçeren tayyorlagan. Muallif Toşkent viloyatidagi kurortga taşrifi davomida olgan taassurotlari bilan örtoqlaşib, mamlakatda qişki dam oliş sohasi rivoji haqida hikoya qilgan. Bu haqda Özbekiston Turizm qömitasi xabar berdi.

Naşrda qayd etilişiça, “Amirsoy” kurorti 85 million funt sterling miqdoridagi investitsiyadan söng 2019 yilda oçilgan. U Toşkentdan şimoli-şarqqa tomon taxminan 40 mil masofada, Çotqol tizmasi toğlarida joylaşgan.

Muallif majmuaning zamonaviy infratuzilmasi, kanat yöllari, çanği uçiş uçun tayyorlangan trassalari va yangi yoqqan qor ustida uçiş imkoniyatlariga e’tibor qaratgan.

Uning baholaşiça, “Amirsoy”ning rivojlanişi Markaziy Osiyoda toğ-çanği turizmi haqidagi tasavvurlarni özgartirmoqda hamda Yevropaning an’anaviy kurortlaridan taşqarida yangi yönalişlarni izlayotgan sayohatçilar e’tiborini jalb qilmoqda.

Maqolada kurortdagi turistik faollik haqida ham söz boradi. Bu yerga çanği va snoubord uçişni xuş köruvçilardan taşqari, toğ manzaralaridan bahramand böliş va balandlikda dam oliş uçun kanat yöli orqali yuqoriga kötariladigan sayyohlar ham taşrif buyuradi.

Hududning tabiiy xususiyatlariga ham alohida e’tibor qaratilgan. Kurort Ugom-Çotqol milliy boği hududida, balandligi 3 309 metr bölgan Katta Çimyon yaqinida joylaşgan. Naşrda, şuningdek, Özbekistondagi eng qadimiy toğ-çanği markazlaridan biri bölgan va sovet davrida taşkil etilgan Çimğon ham tilga olingan.

Jurnalistning ta’kidlaşiça, “Amirsoy”ning zamonaviy infratuzilmasi hududdagi qişki dam oliş uçun möljallangan avvalgi obyektlardan sezilarli darajada farq qiladi.

Jumladan, kurortda gondola turidagi kanat yöli va mehmonxona infratuzilmasi, şuningdek, yoğoçdan qurilgan şalelar hamda apartamentlar mavjud.

Maqolada Özbekistonda turizm sohasining rivojlanişiga oid ma’lumotlar ham keltirilgan. Naşr ma’lumotlariga köra, 100 ta mamlakat fuqarolari Özbekistonga vizasiz kiriş imkoniyatiga ega. 2025 yilda esa mamlakatga rekord darajada — 11,7 million nafar xorijiy sayyoh taşrif buyurgan.

Qişki sport turlari bilan şuğullanuvçi mahalliy hamjamiyat vakili, snoubordçi va toğ fotografi Roman Valiyev naşrga Markaziy Osiyoda qişki sport turlariga qiziqiş ortib borayotganini aytgan. Uning sözlariga köra, “Amirsoy”ning rivojlanişi mahalliy aholi va xorijiy sayohatçilar orasida toğlarda dam olişni ommalaştirişga xizmat qilmoqda.

Muallif kurort muhitini ham tasvirlagan. Bu yerda taşrif buyuruvçilar qiyaliklarda vaqt ötkazadi, qişki sport turlari bilan tanişadi va toğ qişloğida dam oladi.

Maqolada restoranlar, mehmonxonalar, turk hammomi va yoğoç şalelar ham tilga olingan.

National Geographic Traveller (UK) naşrining qayd etişiça, “Amirsoy” Özbekistonning nafaqat tarixiy va madaniy turizm, balki qişki dam oliş yönalişi sifatidagi yangi qiyofasini ham şakllantirib bormoqda.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.