7
Özbekiston

Özbekiston Pensiya jamğarmasi Malayziyaning xususiy pensiya tizimini örgandi

Özbekiston Pensiya jamğarmasi Malayziyaning xususiy pensiya tizimini örgandi
Özbekiston Pensiya jamğarmasi Malayziyaning xususiy pensiya tizimini örgandi / Foto: Özbekiston Pensiya jamğarmasi matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Pensiya jamğarmasi delegatsiyasi Malayziyaga taşrifi davomida xususiy pensiya jamğarmalarini taşkil etiş va boşqariş tajribasi bilan tanişdi. Bu haqda Özbekiston Pensiya jamğarmasi xabar berdi.

25 noyabr kuni delegatsiya vakillari Malayziya Xususiy pensiya jamğarmalari ma’muriyati (Private Pension Administrator — PPA) xodimlari bilan uçraşuv ötkazdi.

Tomonlar ixtiyoriy pensiya jamğarmalarini şakllantiriş tizimining faoliyati va fuqarolarning xususiy pensiya dasturlarida iştirok etiş mexanizmlarini muhokama qildi. Iştirokçilarning individual hisobvaraqlarini yuritiş hamda mablağlar harakatini hisobga oliş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Şuningdek, uçraşuvda pensiya jamğarmalarida töplangan mablağlarni investitsiya qiliş va investitsiya daromadini hisoblaş masalalari körib çiqildi. Iştirokçilar pensiya jamğarmasini tanlaş tartibi va bir jamğarmadan boşqasiga ötiş imkoniyatlari yuzasidan fikr almaşdi.

Muhokama qilingan boşqa mavzular qatorida jamğarilgan mablağlar va iştirokçilarning şaxsiy ma’lumotlarini himoya qiliş, şuningdek, pensiya yoşiga yetgandan keyin mablağlarni tölaş tartibi ham böldi.

Bundan taşqari, ikki tomon vakillari Özbekiston pensiya tizimi, uning hozirgi holati va amalga oşirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot almaşdi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.